image 1 image 2

"Neftgazqazibchiqarish-Injiniring" mas'uliyati cheklangan jamiyati 2008 yil 29 fevralda sho'ba korxona shaklida tashkil etilgan. 2015 yil 17 iyuldan tashkilot sho'ba korxonadan mas'uliyati cheklangan jamiyat shakli o'zgartirilgan.

Korxonaning tashkil etish to'g'risidagi qaror "O'zneftgazqazibchiqarish" AKning 2017 yil 14 sentabrdagi aksiyadorlarning umumiy yig'ilishida qabul qilingan. Shunga asosan, "O'zneftgazqazibchiqarish" AKning 2007 yil dekabrdagi 240 sonli buyrug'i qabul qilingan.

"Neftgazqazibchiqarish Injiniring" MCHJ "O'zneftgazqazibchiqarish" Aksiyadorlik jamiyatining tarkibidagi tashkilot hisoblanadi. "O'zneftgazqazibchiqarish" AJ jamiyatning yagona muassisi hisoblanadi.

"Neftgazqazibchiqarish Injiniring" MCHJ asosiy vazifasi O'zbekiston Respublikasining investitsion dasturidagi ustuvor obyektlar bo'yicha va manzilli dasturiga kiritilgan obyektlar bo'yicha loyiha hujjatlarni tayyorlash ishlarini borishi, qurilish va butlash ishlarini borishini nazorat qilish va monitoring qilish, obyektlar bo'yicha kiritilayotgan kapitalni rejalashtirishdan iborat.

Jamiyatning faoliyati "O'zbekneftgaz" AJning tarkibiy boshqarmalari, bo'linmalari va tarkibiy tashkilotlari bilan bog'langan. Jumladan, "Neftgazqazibchiqarish Injiniring" MCHJ "O'zbekneftgaz" AJning kapital qurilish va umumiy masalalar Departamenti va "O'zneftgazqazibchiqarish" AJ tashkilotlari o'rtasidagi muhim bo'g'in hisoblanadi.

Jamiyat faoliyati O'zbekiston Respublikasidagi vakolatli organlar orqali loyiha hujjatlarini o'tishini tezlashtirishda muhim o'rin egallaydi va investitsion loyihalarni loyihalash va tadbiq etishni tezkor va sifatli amalga oshirishlishini ta'minlashga yo'naltirilgan.

TASHKILIY TUZILMA

RAHBARIYAT

QONUN HUJJATLARI

HAMKORLIK

QABUL KUNLARI

VAKANSIYALAR

YANGILIKLAR

"WORLD BANK" neft-gaz tarmog'ini qo'llab-quvvatlaydi

2018 yil 1 fеvralda Jahon banki vakillari va «O’zbеknеftgaz» AJ rahbariyati o’rtasida bo’lib o’tgan uchrashuv aynan shu mavzuga bag’ishlandi.

Neft mahsulotlari bozorida yangi taklif

Ichki bozorning nеft mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini yanada qondirish va ularni iqtisodiyot tarmoqlariga uzluksiz еtkazib bеrish bo’yicha chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Neftgaz sohasida loyiha asosida boshqarish

O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti huzuridagi davlat boshqaruvi Akadеmiyasi nеgizida bo’lib o’tgan «Loyiha asosida boshqarish» mavzusidagi sеminar bo'lib o'tdi



mygov
mygov

OCHIQ MA'LUMOTLAR



opendata

MUROJAAT UCHUN



mygov